Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi chorak final haqida qanday fikrda?

Абдулвосит Бектемиров
25 sen 2024
Braziliya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Markinos Kosta-Rikaga (5:0) qarshi kechgan nimchorak final bahsidan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'yin haqida.

- Uchrashuv biz uchun juda muhim edi, sababi  pley-off guruh bosqichidagi uchrashuvlardan biroz farq qiladi. Pley-off bosqichidagi uchrashuvlarga yaxshi kirishib kyetishimiz muhim edi. Buyog'iga har bir uchrashuv finaldek o'tishi aniq. Endi musobaqadagi ishtirokingizni davom ettirishingiz mumkin yoki uyga jo'nab ketasiz. Har bir bosqichda chiroyli o'yin namoyish etib, jarayondan rohatlanishimiz kerak. Ruhiy tomonlama xotirjam bo'lish, o'z maqsadlarimizga erishishimizda yordam beradi. Biz bugun ajoyib o'yin o'tkazdik.

- Braziliya terma jamoasi birinchi bo'lib chorak finalga yo'l oldi. Chorak finaldagi bo'lajak raqib Eron yoki Marokash bo'ladi. Keyingi bosqich haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Chorak final bahsida ikki jamoa ham teng o'yin namoyish etishini kutyapman. Ikki jamoada individual mahorati o'ta kuchli futzalchilar yig'ilgan. Bu tomonlama ular bizga ko'p bosh og'riq bo'lishi aniq. Biz himoyada yanada yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Faqatgina shu yo'l bizni yarim finalga etaklay oladi.

- Ko'pchilik Braziliyani ushbu Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoa deb atamoqda. Ushbu fikrlarga izoh berib o'tsangiz?

- Bu normal holat, sababi biz besh karra Jahon chempionlarimiz. O'zbekistondagi musobaqada ham ushbu natijani takrorlashni maqsad qilganmiz. Bizni favorit deb hisoblashlari bizga har doim bosim o'tkazib kelgan. Insonlar Braziliya terma jamoasining uchrashuvlarini tomosha qilib, futzalchilarning mahorati va ular o'z klublarida yetakchi ekanligini ko'rib, shunday xulosaga kelishadi. Ushbu fikrlarga e'tibor bermasligimiz va o'z maqsadimiz haqida o'ylashimiz kerak. Oyog'imiz erdan uzilgan kuni biz mag'lub bo'lamiz, men buni aniq bilaman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia