Braziliya futbol konfederatsiyasi Anchelotti bilan qayta aloqaga chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2025, 11:34
Ma'lumotlarga qaraganda, Braziliya futbol konfederatsiyasi Karlo Anchelottini JCH-2026 oldidan bosh murabbiy lavozimiga olib kelish uchun ishlarni qayta jonlantirdi.

Takidlanishicha, Italiyalik mutxassis muzokaralardagi har qanday ijobiy o'zgarish faqatgina yozda o'tishi rejalashtirilgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyingina amalga oshishi mumkinligini ma'lum qilgan. Ungacha milliy terma jamoa JCH-2026 saralashi doirasida Ekvador va Paragvayga qarshi o'yinlar o'tkazadi. CBF (Braziliya futbol konfederatsiyasi) prezidenti Ednaldo Rodriges u vaqtgacha Dorival Juniorni ishda qoldirish yoki Anchelotti bilan muzokaralar yakunlanguniga qadar vaqtinchalik boshqa murabbiyni tayinlash haqida bosh qotirmoqda.

"Globo"ning xabar berishicha, bir qancha manbalar hozir Anchelottining Braziliya terma jamoasiga kelishi ikki yil avvalgidan haqiqatga ancha yaqin deb hisoblamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: globo.com