“Brayton” futbolchisida ham koronavirus aniqlandi

Bu haqda klub bosh direktori Pol Barber ma'lum qildi.

Barberning so'zlariga ko'ra, klubning uch nafar futbolchisida koronavirus alomatlari ko'ringandek bo'lgan. Ular test topshirgan, natijada ulardan faqat bittasi koronavirus yuqtirib olgani ma'lum bo'lgan. Kasallangan futbolchiga barcha zarur yordam ko'rsatilishi takidlangan.

Eslatib o'tamiz, Angliyada hozirga qadar Kallum Xadson-Odoi (“Chelsi”), Jeyms Bolton, Endi Kennon, Shon Raget (hammasi - “Portsmut”) va Charlz Ostin (“Vest Bromvich”) kabi futbolchilarda koronavirus aniqlangandi.


Manba: “Брайтон” расмий сайти