"Brayton" "Fiorentina" markaziy himoyachisiga qiziqib qoldi
Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023, 16:54
"Fiorentina" markaziy himoyachisi Igor Angliyaning "Brayton end Xouv Albion" jamoasi e'tiboriga tushgan.
Ayni damda klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
O'tgan mavsum 25 yoshli braziliyalik barcha musobaqalarni inobatga olganda 46 o'yinda maydonga tushgan. "Transfermarkt" futbolchini 10 million evroga baholamoqda.