

Ayni damda Kauro Mitoma hamda Yoel Veltman yozda jamoadan kyetib, APLning top-klublari tarkibiga o'tishi kutilayotgani borasidagi xabarlar ko'paygan.
"Mitoma biz bilan yana bir mavsum qolsa, yaxshi bo'lardi. Shuningdek, Yoel Veltman ham navbatdagi mavsumda tarkibimizda o'ynashini istayman. Bu nafaqat men uchun, balki, jamoa, klubdagilar uchun ham yaxshi holat bo'ladi", - dedi murabbiy.



