Brandt "Bavariya"ga o'tishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017
"Bayer" hujumchisi Yulian Brandt faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis futbolchisi Myunxen klubiga o'tishga rozi bo'ldi, transfer narxi 29,5 mln. evro. Brandt yangi jamoasiga yozda yoki 2018 yilda o'tishi aniq emas. Oldinroq forvard xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirgan edi.

Brandt joriy mavsum Germaniya chempionatining 24 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild