Boymatov bilan G'anijonov “Qizilqum”ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2018, 16:20
Yuzaga kelgan transfer oynasida Superliga ishtirokchisi “Qizilqum” o'z tarkibini kuchaytirishga urinmoqda.

Hamid Aktamov boshqaruvidagi “konchilar” safiga yaqinda “Andijon”ning ikki nafar futbolchisi kelib qo'shildi. Bular – markaziy yarim himoyachi Eldor Boymatov va hujumchi Begzod G'anijonovdir. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, ilgari ushbu ikkala futbolchi ham “Qizilqum” libosida o'ynagandi. Oradan ma'lum muddat o'tib, Boymatov bilan G'anijonov yana sobiq jamoasiga qaytgan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Eldor Boymatovni “Andijon” jamoasi transferga qo'ygan. Tomonlar moliyaviy masalada kelisha olsa, 28 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi qismini “Qizilqum” tarkibida o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia