Boyan Miladinovich "Felda Yunayted"ga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2014
"Paxtakor" klubi himoyachisi Boyan Miladinovich faoliyatini Malayziyada davom ettirishga qaror qildi.
Serbiyalik futbolchi Malayziya superligasiga qaytgan "Felda Yunayted" klubi bilan shartnoma tuzdi. Uning "Paxtakor" bilan shartnomasi yakuniga etdi va Boyan erkin agent sifatida ushbu klubga o'tdi.

2009 yildan buyon "Paxtakor" klubida faoliyat olib borgan himoyachi jamoa safida jami 97ta o'yinda ishtirok etib 13ta to'p kiritdi.

Ma'lumot uchun, "Felda Yunayted" klubida o'zbekistonlik himoyachi Yaroslav Krushelnickiy to'p tepib kelmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia