
Bu bayroq Braziliyada xilpiramasa hisob emas
Buni kirish so'zi deb qabul qiling. Endi maqsadga o'taman. So'nggi paytlarda bazi bir hamkasblarimiz tomonidan goh futbolchi, goh murabbiy tomon tanqidlar chiqa boshlayapti. Ikki hafta avval Farhod Tojiev va Sanjar Tursunovlar haqida yozilgan xabar, o'sha saytning reklamasidan boshqa narsa emas edi. U yerda, bir paytlar Rossiya terma jamoasida ham ro'y bergan voqeani jurnalistlar bayon qilib chiqishganligi takidlangan edi. Bitta zukko o'quvchimizni kallasiga kelgan fikr, ularga kelmaganiga hayron qoldim: "Rossiyalik jurnalistlar terma jamoalarini muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklaridan keyin voqeani oshkor qilganlar, sizlar kabi avval emas"! Juda ham to'g'ri fikr. Biz hozir qaynab turgan qozonimizni bo'lar bo'lmas safsata va tanqidlar bilan sovutishimiz kerak emas. Aksincha, futbolchi va murabbiylarimiz bilan bir tanu- bir jon bo'lib uni yanada lovullatishimiz kerak. Shunday o't oldiraylikki, u goh Koreya bo'lsin, goh Qatar bizning olovimiz oldida jiz etib kuysin! Terma jamoamiz a'zolarini shunday qo'llab-quvvatlaylik, stadionga kelgan Qatar futbolchilari o'zlarini yo'qotib qo'ysinlar. Koreyaga ketayotgan futbolchilarimizni maqtab tashlang demayman, meyorida bo'lsada "podderjka" qilaylik. Bu o'yinchini o'yini chiqmayapti, murabbiyning taktikasi o'tmayapti degan gaplarni bisotimizga solib qo'yaylik va inshoollox uni ishlatish bizga nasib etmasin. Avvalo Qatar va Koreya to'sig'idan o'tish orqali mundial yo'llanmasini qo'lga kiritaylik. Guruhda ishni hal qila olmasak ham shoshmaylik, oldimizda pley off o'yinlari bo'ladi. Niyat qilardikki, ishimiz pley offga qadar cho'zilmasin. Hech bir futbolchi, bazilar aytayotganidek Qosimovga qarshi emas, Jeparov juda yaxshi tushunib turibdi, bu saralash o'yinlari uning uchun so'nggisi bo'lishi mumkinligini. Huddi shunday Kopadze, Baqoev va Geynrix kabi o'yinchilarimiz ham. Mundialni qo'lga kiritilishi Ahmedovga lang etib Yevropa eshiklarini ochishi, Tursunov va Tojievni esa kuchliroq bo'lgan chempionatga ravona qilishini ular ham yaxshi anglashgan. Denisov uchun ham mundial juda muxim bo'lsa, Gadoev, Musaev, Kozak, Iskanderov, Krimec, To'xtaxo'jaev va Zoteev kabi yosh futbolchilarimiz uchun katta "shans". Men istardimki, markazda Odil Ahmedovdan keyin O'zbekistonda ikkinchi o'rinda turadigan Aziz Haydarovni aynan shu imkoniyatdan foydalanib Yevropaning kuchliroq chempionatiga yo'l olsa. Guvohi bo'lganingizdek, JCH futbolchilarimiz uchun juda ham kerak. 2014 yil Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonganligimizga 20 yil to'ladi. Aynan shu chempion tarkibda javlon urgan Qosimov va Maqsudov uchun JCH ayni paytda hamma narsadan ham ustun turishi kerak. Terma jamoada men ko'rayotgan bitta muammo haqida aytib o'tishni lozim topdim. Terma jamoamizning so'nggi o'yinlaridan kelib chiqib o'tkazayotgan mashg'ulotlarida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar 3 kun avval ma'lum bo'lib qolayotgandek. Bu esa zaxirada qolishini biladgan futbolchi uchun psixologik tomondan salbiy ta’sir etishi mumkin. Natijada o'yin boshlanishiga bir necha kun avval o'zini asosiy tarkibda tushmasligini bilgan futbolchi ruxan tushkunlikka tushayapti. Mirjalol Qo'shoqovich bu safar shunday yo'l tutingki, terma jamoamiz negizida axil oilani ko'raylik. Maydonga kim tushish tushmasligi futbolchi uchun sir bo'lsin va o'yindan avval 11talik tarkibni aytganingizda qolganlar hafa bo'lishmasin. Murabbiy, futbolchi, jurnalist va muxlislarning barchasi bir yoqadan bosh chiqarib, faqat vatan shani yo'lida birlashgan holda terma jamoamizni JCHga olib chiqaylik. Tanqidlarni esa biroz keyinga qoldiramiz. Umid qilamiz, MTJ o'sha tanqidlarimizni bisotimizda "chang bosib qolishga" majbur qila oladilar!
O'zbekiston JCHga chiqadigan bo'lsa, tasaffur ham qila olmaysizlar qanday o'sishga erishamiz. "Mashal" va "Paxtakor"da ishlab turgan professional akademiyalar soni keng Respublika bo'ylab ko'payib ketadi... Ex nimasini aytasiz, bir chiqaylik biz ham shu JCHga!
Nodirxo'ja Yuldashev