"Borussiya" va "Monako" mehmonlarga tunash uchun uy bergan muxlislarga minnatdorchilik bildirishdi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2017, 17:12
Dortmundning "Borussiya" klubi va "Monako" "Tvitter" ijtimoiy tarmog'i orqali #BedforAwayFans xeshtegi yordamida Fransiya klubi muxlislariga tunash uchun joy bergan nemis ishqibozlariga minnatdorchilik bildirishdi.

"Borussiya" - "Monako" o'yini nemis jamoasi avtobusi oldida ro'y bergan portlash tufayli 12 aprelga ko'chirildi. 

Maxsus xeshteglar ishga tushgani haqida ikki klubning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari xabar berdi, Dortmundning o'nlab fuqarolari Fransiyadan tashrif buyurgan ishqibozlarga tunash uchun joy berishga tayyorligini bildirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com