"Borussiya" Obameyangni sotishga tayyor

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2014, 17:58
Dortmundning "Borussiya" klubi o'z hujumchisi Per-Emerik Obameyangning ketishiga qarshi emas.
Futbolchi Dortmunddagi bir yil davomida asosiy o'yinchiga aylana olmadi, rahbariyat unga bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Obameyangning "Borussiey" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda tugaydi. Uning transfer narxi 6 million funt deb yozilgan.

Futbolchiga "Nyukasl" va "Chelsi" klublari qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru