"Borussiya" - "Napoli" o'iynining 18-daqiqasidan Bender singan burun bilan o'ynadi

Tolibjon Qosimov
27 noya 2013, 16:08
"Borussiya" markaziy yarim himoyachisi Sven Bender "Napoli" bilan o'yinda markaziy himoyachi vazifasini bajarishiga to'g'ri keldi va deyarli butun o'yinni jarohat bilan o'tkazdi.
Dortmundliklar bosh murabbiyi Yurgen Kloppning takidlashicha, Benderni almashtiradigan futbolchi topilmagani uchun, u singan burni bilan o'yinni davom ettiraverishiga to'g'ri kelgan.

24 yoshli futbolchi o'yinning 18-daqiqasida Kristian Madjo bilan to'qnashib kettti. Madjoning tirsagi bilan bergan zarbidan keyin uning burni singan. Bu holat bosh hakam e'tiboridan chetda qolganini ham takidlash lozim. Endi Bender keyingi bir necha o'yinlarni maxsus niqob taqqan holda o'tkazadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com