"Borussiya" Gyotce ketidan Shyurrleni ham o'z safiga qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2016, 16:25
"Volfsburg" hujumchisi Andre Shyurlle Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tdi.

Bu haqda klubning rasmiy sayti e'lon qildi.

Futbolchi 5 yillik bitimga imzo chekdi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, dortmundliklar hujumchi uchun 30 mln. evro to'laydi.

"Yangi jamoam bilan mashg'ulotlarni boshlashga va bu qaror xato emasligini isbotlashga sabrim chidamayapti" - deydi Shyurrle.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia