"Borussiya" Dortmund himoyachisi "Atletiko"ga ko'chib o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
17 may 2023, 17:11
"Borussiya" Dortmund himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchi xizmatlari Madridning "Atletiko" klubiga taklif qilingan. Italiya jamoalari ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Yozda portugaliyalik himoyachi erkin agentga aylanadi.

Bundesliganing 25 o'yinida himoyachi 3 ta gol urdi va 12 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sport