"Borussiya" Dortmund hali Bellingem uchun biror rasmiy taklif olgani yo'q

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 19:36
Dortmund klubi sport direktorining ma'lum qilishicha, Jud Bellingem uchun biror rasmiy taklif kelib tushmagan.

"Chelsi", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" bilan raqobat sharoitida "Real" 19 yoshli yarim himoyachi uchun 100 mln evrolik taklif tayyorlamoqda. Biroq hozirgacha tomonlarning hech biri rasmiy qiziqish bildirmagani ochiqlandi.

Klub sport direktorining manbaga ochiqlashicha: "U va uning ota-onasi bilan vaqti kelsa gaplashamiz. Biroq hozircha hech qanday bosim yo'q. Jud bor e'tiborini futbolga qaratmoqchi. Aytgancha, takliflar umuman yo'q".

Jeydon Sancho va Erling Holand ikkisi oxirgi ikki mavsumda katta transfer kelishuvi asosida Dortmund klubini tark etib mos ravishda "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" safiga borib qo'shildi. Klub sport direktorining tan olishicha, Jud Bellingemni ham shunday taqdir kutmoqda: 

"Sancho yoki Holand kabi muhim o'yinchilar ma'lum bir nuqtaga kelganda jamoani tark etdi. Bu biz bilan har doim sodir bo'lishi mumkin, buni bilamiz. Agar va qachon Jud bilan shunday ishlar sodir bo'ladi, men buni bugun ayta olmayman. Sof sportcha nuqtayi nazardan mening Jud Bellingemdan voz kechishni istashim ahmoqlik bo'lgan bo'lardi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker