"Borussiya" Dortmund futbolchisi og'ir jarohat olganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2026, 17:38
Dortmundning "Borussiya" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi o'yin (2:3) mezbonlar uchun noxush voqea bilan esda qoldi.

"Qora-sariqlar" sardori Emre Jan "Der Klasiker"ning birinchi bo'limi so'ngida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

"Borussiya" klubining tasdiqlashicha, nemis yarim himoyachisi kechagi "Bavariya"ga qarshi o'yin vaqtida chap tizzasining old xochsimon bog'lami uzilgan. U bir necha oyga safdan chiqqan.

Uning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo