"Borussiya D"ning yana bir futbolchisi ketishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
18 apr 2015, 00:26
"Borussiya" futbolchisi Genrix Mxitaryan mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etishi mumkin.
Ma'lumotlarga qaraganda, 26 yoshli arman futbolchisining ketishi Yurgen Kloppning ketishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Chunki, aynan Klopp 2013 yilda futbolchini jamoaga olib kelgandi.

Yozda futbolchi transferga qo'yilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Chiro Immobilening ham jamoadan ketishi deyarli aniq.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net