"Borussiya D" Vayglga yangi shartnoma taklif etmoqchi

8 okt 2016, 15:31
Dortmundning "Borussiya" klubi sport direktori Mixael Cork Yulian Vaygl bilan shartnoma uzaytirishmoqchi ekanligini ta'kidladi.


"Biz Vayglning ko'rsatayotgan o'yinlaridan mamnunmiz. Yulian Vaygl jamoamizda uzoq vaqt qolishini istaymiz. Futbolchi ham Dortmundda o'zini yaxshi his etmoqda. Kelajakda biz Vaygl bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirishni rejalashtiryapmiz", - deydi Cork.

Eslatib o'tamiz, Yulian Vaygl bilan amaldagi shartnoma 2019 yilga qadar mo'ljallangan.
Futbolchining maoshi esa yiliga 1,5 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild