“Manchester Siti”ga Yulian Vaygl kerak

18 fev 2018, 22:50
“Shaharliklar” “Borussiya Dortmund” a'zosiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Mirror nashriga ko'ra, Yulian Vaygl faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. 22 yoshli yarim himoyachini “Siti” kelishini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning o'zi xohlamoqda. 

Nemis klubi futbolchi uchun 40 million funt sterling ishlab olishni ko'zlamoqda.

Avvalroq Vayglga “Manchester Yunayted” ham qiziqayotganligi haqida xabarlar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror