

Uchrashuvda hisob 2 bo'limning ilk daqiqalarida Pako Alkaser tomonidan ochildi. Taym o'rtalarida esa Jeydon Sancho qanotdan hujumga o'tib, Manuel Noyer darvozasini ishg'ol etdi va o'yindagi yakuniy hisobni belgiladi.
Shu tariqa, dortmunliklar 5 yillik tanaffusdan so'ng, yana superkubok titulini qo'lga kiritdi. Umuman arilar ushbu sovringa oltinchi marotaba ega chiqishdi va bu borada peshqadam myunxenliklarga (7 titul) yaqinlashib olishdi.
Borussiya D – Bavariya 2:0 (0:0, 2:0)
Signal Iduna Park
Gollar: 1:0 – 48 Pako Alkaser, 2:0 – 69 Sancho.
Borussiya D – Xitc, Pishchek (Volf, 80), Toprak, Akandji, Shulc, Vitcel, Gerreyru (Xakimi, 75), Sancho (Bruun Larsen, 81), Vaygl, Roys, Pako Alkaser.
Bavariya – Noyer, Kimmix, Zyule, Alaba (Sanshesh, 70), Boateng, Alkantara (Pavar, 80), Tolisso, Goretcka, Koman, Myuller (Devis, 66), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Levandovski (59), Kimmix (77).








