"Bordo" ustozi Poyet klub rahbariyatini tanqid qilgani uchun ishdan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 14:52
"Bordo" bosh murabbiyi Gustavo Poyet klub rahbariyati qaroriga ko'ra ishdan olindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugashi kerak bo'lgan mutaxassis jamoa a'zosi sifatida sanalaveradi, ammo faoliyat yuritmaydi. "Bordo"dagilar Poyet o'rniga mutaxassis qidirishni boshlab yuborishdi.

Oldinroq, Poyet hujumchi Gaetan Laborde "Monpele"ga o'tgani uchun rahbariyatni tanqid qilgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, klubdagilar murabbiyga muhim futbolchilardan biri jamoani tark etishini aytmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe