"Bordo" Petkovichni iste'foga chiqardi

Sherzod Nurmatov
8 fev 2022, 21:21
Vladimir Petkovich endi "Bordo" bosh murabbiyi emas.

Fransiya klubi rasmiy saytiga ko'ra, 58 yoshli mutaxassis ishdan bo'shatildi. U bilan birgalikda uning assistenti Antonio Manikone ham jamoadan ketdi.

"Bordo" chempionatda so'nggi 6 o'yindan 5 tasida mag'lubiyatga uchradi. Jamoa 19-o'rinda bormoqda.

Petkovich "Bordo"ni o'tgan yilning yozidan beri boshqarib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: girondins.com