Bonuchchining so'zlariga Vidal kulib yubordi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021, 02:22
Yakshanba kuni Italiyaning amaldagi chempioni "Inter" "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi. Futbolchilar to'qnashuv oldidan maydon tashqarisidagi tayyorgarlikni ham boshlab yuborishgan.

"Keksa senorlar" himoyachisi Leonardo Bonuchchining aytishicha, o'tgan mavsumda "Yuventus"ning xatolari tufayli milanliklar g'alaba qozonishgan.

"Xa-xa-xa. "Yuventus" yana bir bor urinib ko'rsin. Kelinglar, bu yil maydonda kim eng zo'ri bo'lishini guvohi bo'lamiz, dedi Arturo Vidal.

Shuningdek, chililik futbolchi Chempionlar ligasida "Sherif"ga qarshi o'yinga (3:1) izoh berdi: "Bu haqiqiy Vidal edi. O'tgan mavsum og'ir o'tdi, sababi men bu erga kech tashrif buyurdim va mavsum oldi o'yinlarni o'tkazib yubordim. Hozir mutlaqo baxtiyor va sog'lomman".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Infinity