

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Polsha, shuningdek, Bosniya va Gertsegovina termalariga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi o'yinlarda Italiya milliy jamoasiga yordam bera olmaydi. Futbolchi allaqachon "Skuadra Adzurra" lagerini jarohat tufayli tark etgan.

Ma'lumot uchun, "Moviy gvardiya" 15 noyabr kuni o'z maydonida Polshani qabul qiladi, 3 kundan keyin esa Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi maydonida mehmon bo'ladi.



