Bonuchchi: "Meni faqat "Milan" xavotirlantirmoqda, "Yuventus" - ortda qoldi"

Aslanov Jasurbek
15 avg 2017, 16:20
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi o'z klubining vazifalariga e'tibor qaratgani, "Yuventus" haqida esa o'ylamayotganini aytdi.

"Meni faqat "Milan" xavotirga solmoqda, "Yuventus" - esa ortda qoldi. Ular menga berganidan minnatdorman. "Keksa sinora" bilan birga jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylandim, ammo siz tanlov amalga oshirayotganingizda, javobgarlikni bo'yningizga olishingiz kerak.

Hammasi "Portu"ga qarshi bahsdan boshlandi (Bonuchchi CHL 1/8 finali ilk uchrashuvida Allegri bilan janjal tufayli maydonga tushmagan), ammo o'sha kungacha ham bazi voqealar bo'lib o'tgan.

Muxlislar noroziligi? Agar ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar bosimi ostida qolganimda, 2011 yilda "Yuventus"dan ketgan bo'lardim. Ular meni haqorat qilishdi, chunki jamoamni o'zgartirdim. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda odamlar istaganini gapiraverishadi, bundan g'azablanmayman" - deydi Bonuchchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport