Boliviya murabbiyi: "Chilidan katta hisobda mag'lub bo'lishimizni kutmagan edik"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2015, 15:18
Boliviya terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Soriya Chiliga qarshi uchrashuv (0:5) haqida fikr bildirdi.
"Bunday katta hisobda mag'lub bo'lishimizni kutmagan edik. Chili kuchini ko'rsatdi va namoyish etilgan o'yinidan g'ururlansa bo'ladi. Bugun bizga muvozanat yetishmadi, shu tufayli har bir chizig'imizda muammolar yuzaga keldi. Pley-offga chiqdik. Endi jamoa yangi sinovlarga tayyorlanadi" - deydi mutaxassis.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com