Bolalar futboli. "Paxtakor-99" - Toshkent shahar chempioni

26 noya 2014, 19:34
Bugun Toshkent shahar bolalar-o'smirlar chempionatidan o'rin olgan qoldirilgan bahslar o'tkazildi.
"Paxtakor" futbol maktabining 1999 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari "Bunyodkor" futbol maktabi o'yinchilariga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Mazkur bahsda "paxtakorchilar"ni faqat g'alaba qoniqtirardi, "Bunyodkor-99" chempion bo'lishi uchun esa durang ham kifoya edi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi, ikkinchi bo'limda "Paxtakor-99" a'zolari tomonidan kiritilgan yagona gol Rustam Qurbonboev shogirdlariga shahar chempionligini taqdim etdi. Biz bu g'alaba bilan ushbu yoshdagi futbolchilarimizni tabriklab qolamiz.

Undan avval o'tkazilgan 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi bahsda esa hisob ochilmadi. Bu o'yinda ham "Paxtakor-2002"ni faqat g'alaba qoniqtirardi, biroq Rufat Akramxo'jaev shogirdlariga biroz omad yetishmadi.

1997/98yillarda tug'ilgan futbolchilarimiz esa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, bu jamoamiz ham shahar chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Manba: pakhtakor.uz