Boks. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatini 5 ta oltin medal bilan yakunlab, birinchi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
12 noya 2022, 19:57
Iordaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqa yakuniga ko'ra 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin:

-51 kg: Hasanboy Do'smatov

-57 kg: Abdumalik Xalakov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-75 kg: Saidjamshid Jafarov

+92 kg: Lazizbek Mullojonov


Kumush: 

-80 kg: Odiljon Aslonov

-92 kg: Madiyar Saidrahimov


Bronza: 

-54 kg: Shaxzod Muzaffarov

-60 kg: Adhamjon Muxiddinov

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev.

Ushbu natija orqali O'zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. 

Kecha ayollar o'rtasidagi bahslar o'z yakuniga etgan va unda Navbahor Hamidova oltin, Sohiba Ro'zmetova kumush va Farzona Fozilova bronza medallarini qo'lga kiritgandi.

Janglarni USHBU LINK orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com