
Bu haqda Argentina klubi prezidenti Daniel Anxelisi ma'lum qildi.
"Betankur bu transfer oynasida "Boka Xuniors"ni tark etmaydi. Bu futbolchi borasida hech qanday taklif olganimiz yo'q. U klubimiz futbolchisi va shu yerda qolib, "Boka Xuniors" uchun o'ynaydi. Biz takliflarni ko'rib chiqmaymiz va Betankur hech bo'lmaganda mavsumni "Boka Xuniors"da tugatadi" - deydi Anxelisi.