Boburbek Yo'ldoshev: "Terma jamoaga chaqirilganimni endi eshitdim va bundan mamnunman"

11 dek 2013, 21:19
Xabaringiz bor Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati uchun bugun yakuniy tarkib e'lon qilindi.
Biz esa tarkib a'zolarining Osiyo chempionati oldidan dastlabki fikrlari bilan qiziqib ularga murojaat etdik. 

"Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati oldidan tashkil etiladigan yig'inga chaqirilganimdan mamnunman va bu haqida hozir sizdan eshitdim. Hali xabarim yo'q edi. Shu terma jamoa uchun 50 talik ro'yhatida borligim haqida aytgan edi lekin yig'in haqida eshitmagan edim.

Hozirgi vaqtda Farg'onadaman va oilam bilan dam olmoqdaman. Ertaga Toshkentga yo'lga tushamiz. "Lokomotiv" bilan Toshkentda dastlabki mashg'ulotlarni o'taymiz.

Bu terma jamoa haqida hali etarlicha ma'lumotga ega emasman lekin bu tarkib juda kuchli bo'lishini his qilmoqdaman. Negaki asosan 1993 yilda tavallud topgan jamoa ajoyib darajada shakllangan va bunga 1991 va 1992 yilda tug'ilgan yoshlarning ham qo'shilishi jamoani faqat kuchaytiradi.

Bu jamoa Osiyoning kuchli jamoalariga ham munosib raqiblik qila oladi va sovrindor bo'ladi" - deya o'z fikrlarini bildirib o'tadi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi a'zosi Boburbek Yo'ldoshev.

Humoyun Davurov suhbatlashdi

Manba: championat.asia