

Jamoani birinchi ligadan oliy ligaga olib chiqqan Bobur Zuhriddinov 2016 yil yarim davra davomida qog'ozda bo'lmasa ham amalda "Obod"ni boshqardi. Ikkinchi davrada murabbiy yoshlar jamoasiga o'tkazildi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Zuhriddinov kuni kecha "Obod"dan ketgan. Hozircha buning sabablari ma'lum emas.





