

"Namangan shahrini va "Navbahor" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. O'yin yaxshi, kurashlarga boy tarzda kechdi. Ozgina omad yetishmagani uchun mag'lubiyatga uchradik. O'yin tempi juda ham tez bo'lgan vaziyatlarda yigitlar qo'pollik ishlatishdi. Shu bois ko'p kartochka ko'rsatildi deb o'ylayman. Lekin raqib jamoa futbolchisining qizil kartochka olishiga men hech qanday izoh bera olmayman. Vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishda yaxshi o'ynay olmadik, bizga bugun uzoqdan zarbalar yetishmadi. Balki menga, yani murabbiyga tajriba yetishmagani uchun yuta olmagandirmiz, bu fikringizga ham qo'shilaman", - deydi Bobur Zuhriddinov.
"Navbahor" matbuot xizmati
"Navbahor" matbuot xizmati



