Bobur Akbarov “Nasaf” lagerini tark etdi. Bunga sabab...

Avval xabar berganimizdek, Bobur Akbarovga “Nasaf”dan taklif tushgandi.
Shu bois futbolchi kuni-kecha Qarshiga jamoa qarorgohiga yetib borib, muzokara o'tkazdi. Ammo yakunda 26 yoshli futbolchi jamoa lagerini tark etdi. Bu haqda uning o'zi bizga ma'lum qildi. “Ajdarlar” safida qolmaganining sababi uning jarohati bilan bog'liqdir. Takidlash lozimki, Akbarov yaqinda oyog'ini operaciya qildirgandi. Shu bois u jarohatdan to'liq forig' bo'lib ulgurmadi. Aksiga olib “Nasaf” himoyachilarida ham jarohat yuza kelgan. Bobur Akbarovning jaroxatidan to'liq qutilishi uchun yana ikki oy vaqt kyetishi ko'zda tutilmoqda.

Manba: championat.asia