Bobur Abdurahmonov: “Bugun ham chiroyli o'yin ko'rsatdik, ham g'alabani qo'lga kiritdik”

Оқил Абдубарноев
19 apr 2026, 23:27
Proliganing 4-turidan o'rin olgan “TerDU” – “Paxtakor FJ” (2:4) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– O'yin haqida…

– Umumiy fikrim – yaxshi. Shogirdlarim ko'ngildagidek o'ynashdi, ikkita o'yindan beri yaxshi o'ynayotgan edik, biroq omad yetishmayotgan edi. Bugun ham chiroyli o'yin ko'rsatdik, ham g'alabani qo'lga kiritdik.

– Bugungi o'yinda jamoangizni qaysi xislatlari sizni xursand qildi?

– Xursand qilgan tarafi – yigitlar qo'rqmasdan, o'yin oxirigacha borini berib o'ynashdi. Xarakter ko'rsatishdi. Shuningdek, ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia