

U ayni paytda "Lokomotiv" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Agar Davlatovning o'yini va harakatlari murabbiylarga maqul kelsa, "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Ma'lumki, Bobir Davlatov "Mashal" va "Yangier" klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi hamda faoliyati davomida Rossiya, Qozog'iston klublarida o'ynagan.



