Boateng mavsum so'ngida "Bavariya"dan ketadi

Alisher
6 apr 2021, 13:25
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng Myunxen klubidan ketadi.

"Bavariya" direktorlar kengashi nemis futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

Klub Boatengning agentiga qarorni ma'lum qildi, Jerom yozgi transfer oynasida o'ziga yangi klub topishi kerak.

32 yoshli Boateng "Bavariya" safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker