Boateng: "Bavariya"ga eng qiyin raqib tushdi"

Aslanov Jasurbek
14 apr 2018
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng Chempionlar ligasi yarim final bosqichi juftliklarini aniqlash uchun tashlangan qur'aga fikr bildirdi.

Nemis klubi finalga chiqish uchun "Real" bilan o'ynaydi.

"Eng qiyin raqib tushdi. Biroq kim turnirda g'olib chiqishni istasa, u har qanday jamoani mag'lub etishga qodir bo'lishi kerak" - deydi Boateng.

"Bavariya" va "Real" o'rtasidagi ilk o'yini 25 aprel Myunxenda, javob o'yini esa 1 may kuni Madridda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de