"BMW" "Bavariya"ning 8,3 % akciyasini 100 mln evroga sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
13 avg 2018
"BMW" kompaniyasi "Bavariya" akciyalarining bir qismini sotib olmoqchi.

Buni "Bild" nashri tasdiqladi.

Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi klubning 8,33% akciyasini "Audi"dan sotib olmoqchi. Buning uchun 100 million evrodan ko'proq pul sarflanishi kerak.

"Bavariya" rahbarlari Uli Xyoness va Karl-Xaync Rummenigge "Audi" direktorlar kengashi vakili Bram Sxot bilan uchrashishdi. Bundan maqsad Sxotni kelishuvga ko'ndirish. "Bavariya"dagilar "BMW" bilan hamkorlik foydaliroq deb hisoblashmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bild.de