BML. Oltinchi tur bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2015, 17:05
Yangi saytdagi ilk BML kubogining oltinchi turi bo'lib o'tdi.

Savollar mazkur sahifada har 5 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  •   Chat qilmaslik.
  •   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  •   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  •   O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  •   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldiriladigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.


Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga blok qilinadi.

Har bir savolga 5 daqiqa vaqt beriladi! Savolga birinchi to'g'ri javob bergan ishtirokchiga 2, qolgan to'g'ri javob berganlarga 1 ochkodan beriladi.


SAVOL #1: 17:00 - 17:05 (vaqt) - APLda 2007/2008 yilgi mavsumda "Arsenal" hujumchisi Emmanuel Adebayor rekordchiga aylangandi. Togolik futbolchi qish faslida qanday natija bilan rekord qayd etgandi?
Javob #1: Dekabr oyidan fevral oyiga qadar ketma-ket 7ta o'yinda 9ta gol urgan.

SAVOL #2: 17:05 - 17:10 (vaqt) - APLda 2002/2003 yilgi mavsumda qaysi jamoa umuman penalti tepmagan?
Javob #2: "Blekbern Rovers" klubi

SAVOL #3: 17:10 - 17:15 (vaqt) -  APLda 2010/2011 yilgi mavsumda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan darvozabon kim bo'lgan?
Javob #3: Robert Grin ("Vest Xem") - 69ta o'tkazilgan gol

SAVOL #4: 17:15 - 17:20 (vaqt) - APLda 2005/2006 yilgi mavsumda Frenk Lempard, Robbin Kin va Alan Shirer boshqa futbolchilar erisha olmagan qanday natijaga erishishgan?
Javob #4: Uchala futbolchi ham 4tadan penalti tepgan.

SAVOL #5: 17:20 - 17:25 (vaqt) - APLda 2001/2002 yilgi mavsumda qaysi hisob ko'proq qayd etilgan: 2:1 yoki 2:0?
Javob #5: Bir xil - 52tadan.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia