BML. 7-tur bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2015, 14:00
Bugun BML kubogining 7-turi bo'lib o'tdi.

Bu safargi savol berish tartibi o'zgaradi. O'quvchilarga 12ta mashhur iqtibosni taqdim etamiz. Bu iqtiboslar qaysi futbolchi yoki murabbiylar tomonidan aytilganini topish talab etiladi. Barcha 12ta iqtibosning egasini topgan dastlabki o'quvchi 5 ballga ega bo'ladi. Keyingi topganga 3 ball beriladi. Kamida 10ta iqtibosning egasini topgan o'quvchilarga 1 balldan beriladi.

O'ylash (google dan qidirish uchun) uchun 30 daqiqa taqdim etamiz. DIQQAT! Javoblaringizni alohida-alohida ems bitta komment orqali qoldiring.


Quyidagi iqtiboslar kimlar tomonidan aytilgan:

1."Nima uchun doim men?" (why always me?) - Mario Balotelli

2."Bolalarni asrang" - Pele

3."Bu yaratganning qo'li edi" - Diego Maradona

4."Agar futbolchi bo'lmaganimda katta ehtimol bilan oficiant bo'lardim" - Krishtianu Ronaldu

5."O'zimni eng yaxshi murabbiy deb hisoblamayman. Lekin mendan yaxshiroq murabbiy bor deb o'ylamayman" - Joze Mourinyo

6."Yoshligimda oyoq kiyimim yo'qligi uchun yig'lardim. Bir kuni oyog'i yo'q insonni ko'rib qoldim" - Zinedin Zidan

7."Barselona"ga o'tish? Yo'q, men qiz bolalar bilan o'ynamayman" - Mario Balotelli

8."Futbol oddiy o'yin. 22 nafar futbolchi 90 daqiqa davomida to'pning ortida quvishadi, yakunda esa nemislar g'olib chiqishadi" - Gari Liniker

9."Menga 10ta to'nka va bitta Zidanni bering, men Chempionlar ligasini yutib beraman" - Ser Aleks Fergyusson

10."Yigitlar harakat qilishdi, ularda ayb yo'q" - Mirjalol Qosimov

11."Har bir jamoa raqib qanday imkon bersa shunday o'ynaydi" (Kajdaya komanda igraet tak, kak pozvolyaet emu sopernik) - Vadim Abramov

12."Borimiz shu..." - Rauf Inileev


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia