Blan PSJning "Metc" ustidan qozongan g'alabasiga shubha qilmagan edi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2014, 15:19
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan mehmonda "Metc" ustidan 3:2 hisobida qozongan g'alabasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Hisob teng bo'lganda ham g'alabaga shubham bo'lmagan edi. Biz 3:2 hisobida g'alaba qozonishimizni bilgandim. Birinchi bo'limda o'yinni boshqardik, raqib bizdan qo'rqib o'ynadi. Birinchi taymdan so'ng o'yinda osonlikcha mezbonlarni mag'lubiyatga uchratamiz deb o'yladik. Ammo birinchi penaltidan so'ng "Metc"ning o'yini ochildi" - deydi Blan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com