

Saudiya arabistonilik tadbirkor Mushref Al Gamdi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ishtirokidagi "Al Nasr" va "Al Ittihod" jamoalari birlashmasining PSJga qarshi o'yiniga chiqarilgan chiptasi uchun 2,66 million dollar to'lamoqchi. 17 yanvarda yakunlanadigan aukcionda Al Gamdi yetakchilik qilmoqda.
Chipta egasi o'yindan so'ng taqdirlash marosimida qatnashish huquqiga ega bo'ladi, shuningdek, kiyinish xonasiga kirib, ikkala futbolchi bilan ham uchrasha oladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bellashuv 19 yanvar kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tadi.



