Birinchi marta Amorim "Man Yunayted" sport direktorini iste'foga chiqarganiga to'xtaldi

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2024, 18:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim ilk bor sport direktori Den Eshuortning klubdan ketgani haqida gapirdi.

"Birinchidan, ilk kunimdanoq men rahbariyatning qo'llab-quvvatlashini sezib turganimni aytmoqchiman. Omardan [Berrada, bosh direktor], Den va Jeysondan [Uilkoks, texnik direktor]. Den ushbu jamoaning bir bo'lagi edi va u ham meni qo'llab-quvvatladi.

Biroq bu futbol va bazida shunaqasi ham bo'lib turadi. Futbolchilar, murabbiylar ham bazan shu kabi holatda bo'ladilar. Bu oson emasligini yaxshi bilaman, ammo asosiysi biz o'z yo'limizda davom etishimizdir. Tanlagan yo'limizni barcha yaxshi bildai va bu futbolning bir qismi".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: skysports.com