Birinchi liga yakuni. Mavsumni 3-o'rinda yakunlagan “Qo'qon-1912” haqida

9 noya 2013, 12:47
Birinchi liga yakuniga etganidan so'ng, har bir jamoa statistikasi uchun a'lohida to'xtalib o'tishni joiz deb bildik.
 Bu safargi maqolamiz mavsumni 3-o'rinda yakunlagan “Qo'qon-1912” jamoasi haqida.

Ushbu jamoa ham boshqalar kabi ikkinchi bosqichda hammasi bo'lib 16ta bahsda maydonga tushdi. Uydagi bo'lib o'tgan 8ta o'yindan 5tasida g'alaba qozongan Tohir Kapadze shogirdlari shu bilan birga 2ta bahsni durang bilan yakunladi.

Shuningdek qo'qonliklar o'z maydonida 1ta o'yinda raqibiga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa uydagi o'yinlardan keyin to'plangan ochkolar 17tani tashkil etdi. Jamoa safar uchrashuvlarini ham nisbatan yaxshi o'tkazdi deyish mumkin. Bu borada qo'qonliklar 2-o'rinni band etdi.

Gol urish borasida Qo'qon jamoasi 4-pog'onadan joy oldi. 31ta to'p. Jamoa safida eng ko'p gol urgan futbolchi yozda “Neftchi”dan ijaraga olingan Otabek Haydarov bo'ldi. 6ta gol.  

Ikkinchi bosqich yakunlari bo'yicha “Qo'qon-1912” tomoshabin to'plash borasida barcha jamoani ortda qoldirganini ham alohida takidlash lozim. Umumiy 37514ta muxlis! Har bir o'yinga o'rtacha 2345 nafar ishqiboz demakdir.


Kim qancha gol urdi?

Futbolchi


Gol

(pen)

Otabek Haydarov


6


Aziz To'xtaboev


5


Rustam Abduhamidov


4


Abdullajon Mirzaev


3


Akramov Bahodir


2


Laziz Safoev


2


Ali Yo'ldoshev


2

(1)

Aziz Madaliev


2

(2)

Jo'rabek Yoqubov


1


Omon Abdug'aniev


1


Iskandar Alimboev


1




Jamoa statistikasi

O'yinlar

16

Barcha gollar

31

Uydagi gollar

18 (58,06%)

Mehmondagi gollar

13 (41,94%)

O'tkazib yuborilgan gollar

16

Uydagi

7 (43,75%)

Safardagi

9 (56,25%)

O'rtacha urilgan gollar

1,94

Har bir o'yinda o'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1

Uyda to'plangan ochkolar

17/24 (70,83 %)

Mehmonda to'plangan ochkolar

16/24 (66,67 %)

Eng yirik g'alaba

4:0 - Orol

Eng yirik mag'lubiyat

0:3 - Mashal

Gol o'tkazilmagan o'yinlar

6 (37,5%)

Golsiz o'yinlar

1 (6,25%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

2/0

Ogohlantirishlar (o'rtacha)

34 (2,12)

Chetlatish (o'rtacha)

3 (0,19)

Tomoshabin (umumiy/o'rtacha)

37514/2345

Islombek Rustambekov tayyorladi


Manba: championat.asia