Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. “Xotira-79” haqida

Narzulla Saydullayev
23 noya 2015, 21:49
Namangan viloyatining Uychi tumani jamoasi bo'lmish “Xotira-79” bu yil asosiy e'tiborini har galgidek mahalliy o'yinchilarga qaratdi.
Jamoa rahbari Shavkat Ahmedov asosan Uychi tumanidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilarini tarkibga jalb etib, yoshartirishga urindi. Namanganlik 27 yoshli futbolchi Durbek Umaraliev ushbu jamoada o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritdi. Bunga qadar esa boshqaruv postida Tohir Madrahimov ishlab kelayotgandi. Boshqa klublardagi kabi “Xotira-79”da ham moliyaviy muammolar yuzaga kelishi natijasida jamoa safar o'yinlariga bir amallab borib keldi. Uychidagi “Paxtakor” stadioni qaytadan ta'mirdan chiqarilgani sababli jamoa raqiblarini Namangan shahridagi stadionlarning birida qabul qildi.   

Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


O'yinlar

16

Umumiy gollar

18

Uyda

14 (77,78%)

Safarda

4 (22,22%)

O'tkazib yuborilgan gollar

45

Uyda

18 (40%)

Safarda

27 (60%)

Urilgan o'rtacha gollar

1,12

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

2,81

Uydagi ochkolar

8/24 (33,33 %)

Safardagi ochkolar

3/24 (12,5 %)

Eng yirik g'alaba

3:1 – “Mashal-2

Eng yirik mag'lubiyat

0:8 – “Obod”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

0 (0%)

Golsiz o'yinlar

7 (43,75%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

6

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

37 (2,31)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK

7 (0,44) - ¾

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

5052/316


Uychiliklar ikkinchi bosqich o'yinlari davomida raqiblari darvozasiga jami 18ta to'p kiritdi. Bu har bir uchrashuvda o'rtacha 1tadan gol demakdir. O'z darvozasidan o'tkazib yuborilgan gollar soni esa 45tani tashkil etdi. Har bir o'yinda 2tadan gol deganidir.
“Xotira-79” safida to'purarlik qilgan futbolchi Shoxjahon Abbosov bo'ldi.

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol        

Pen.     

Shoxjahon Abbosov           

7

(1)

Sohib Abdullaev

3

Ayubxon Gapparov

2

Islom Abduqodirov

2

Botir Karimjonov

1

Durbek Umaraliev

1

Jamol Abdujabborov

1

Shavkat Saidov

1

 
Islombek Rustambekov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia