

26 fevral kuni O'zPFL Superliga va Pro liga klublari futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazdi. Yarim professional jamoalar ishtirokida o'tkaziladigan Birinchi liga musobaqasi uchun futbolchilar Navro'z bayramiga qadar ro'yxatdan o'tkaziladi. Aniqrog'i, 20 mart kuni soat 17:00 dan keyin bu borada arizalar qabul qilinmaydi.
Birinchi liga musobaqasi uchun qur'a sanasi hamda mavsum starti haqida tez orada xabar beriladi.



