Birinchi liga. Debyutant “G'ijduvon” haqida

Narzulla Saydullayev
15 avg 2014, 14:46
Joriy mavsum birinchi ligada debyut mavsumini o'tkazgan Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi chempionat avvalida yomon ko'rinmayotgandi.
Jamoaning o'tkazgan o'yinlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, g'ijduvonliklar chempionatning ilk turida “Sho'rtan” maydoniga safar uyushtirib, qimmatli bir ochko bilan qaytishga erishgandi. Biroq keyinchalik jamoaning qayd etgan natijalari salbiy ko'rinish ola boshladi va tabiiyki o'z-o'zidan “G'ijduvon” birinchi bosqichdayoq ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi.

Balki bu tarkibda etarlicha ijrochilar yo'qligini anglatar. Chunki “G'ijduvon” safiga nazar tashlab, ilgari oliy ligada o'ynagan birorta ham futbolchini uchratmaysiz. Yoshlarga esa tajriba yetishmadi. Endi g'ijduvonliklar bu yil yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosa chiqarib olib, keyingi mavsumga shunga monand jamoa shakllantirishsa ajab emas.
 
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Mansur Otaqulov

8

Dilshod Ochilov

3

(2)

Doston Dushanov

2

Javoxir To'xtaev

2

To'lqinjon Umarov

2

Otabek Sayfitdinov

1

Ulug'bek Rahmonov

1

Sherzod Fayzullaev

1


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

21

Gollar

21

Uyda

11 (52,38%)

Safarda

10 (47,62%)

O'tkazib yuborilgan gollar

47

Uyda

16 (34,04%)

Safarda

31 (65,96%)

O'rtacha urilgan gollar

1

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

2,24

Uydagi ochkolar

9/30 (30 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

3/33 (9,09 %)

Eng yirik g'alaba

4:2 – “Mashal-2”

Eng yirik mag'lubiyat

1:6 – “G'allakor Avtomobilchi”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

1 (4,76%)

Gol ura olmagan o'yinlar

7 (33,33%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

2

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

4

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/1

Ogohlantirish (o'rtacha)

42 (2)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,1) - 0/2

Muxlislar (jami/o'rtacha)

30725/1463


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia