Birinchi liga. “Cementchi”-“Xorazm” prevyu

Aziz Tukhtamuradov
3 apr 2017
O'zbekiston birinchiligining 2-turidan o'rin olgan ”Cementchi” – “Xorazm” uchrashuvi 4 aprel sanasida Quvasoyda “Cementchi” markaziy o'yingoxida bo'lib o'tadi.

Jamoamiz “Cementchi” shu kuni Urganchning “Xorazm” jamoasini qabul qiladi.

Navbatdagi  raqibimiz “Xorazm” jamoasi haqida.

“Xorazm” jamoasi boshqaruvini ushbu mavsumdan boshlab yangi bosh murabbiy Aleksandr Ejov o'z qo'liga oldi. Ushbu murabbiy mavsum avvalidan jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytira olishga erishdi. Tarkibga bir qator futbolchilarni jalb qildi. Xususan  “Cementchi” jamoasining nukuslik xujumchisi Nurlibek Talasbaevni, o'tgan mavsum “Olmaliq” jamoasida harakatlangan  tajribali ximoyachi Aybek Nurboevni va yana bir qator yetakchi futbolchilar bilan jamoa tarkibini kuchaytirib oldi deyish mumkin. 

O'tgan mavsumda “Xorazm” jamoasi  32 ta uchrashuvda maydonga tushib 12ta g'alaba 6ta durrang va 14 bor mag'lubiyatga uchragan. Raqiblar darvozalariga 56ta to'p kiritib  o'z darvozalaridan 50ta to'p o'tkazib yuborgan. Mavsum yakuniga ko'ra “Xorazm” 42 ochko to'plab, turnir jadvalini 7-pog'onada yakunlagan.

Jamoamiz “Cementchi” shu kungacha “Xorazm” klubi bilan o'zaro rasmiy o'yinlarda 5 marotaba ro'baro kelgan. O'tkazilgan 4ta uchrashuvda jamoamizning qo'li baland kelgan bo'lsa 1ta uchrashuvda urganchliklar g'alaba qozongan.

 2015 yil 17 may. 

"Xorazm" – "Cementchi" 1:0

 2015 yil 10 sentyabr 

 "Cementchi" - "Xorazm" 4:0

 2016 yil 5- iyun 13-tur 

"Xorazm" – "Cementchi" 1:2

Gollar: Erbol Seytnazarov, Raxmatillo Meliboev 2ta

2016 yil 12 noyabr 23-tur

“Cementchi- “Xorazm” 5:0

Gollar: Davron Mamatov (30), Jamshid Qobulov (33), Raxmatillo Meliboev (47), Elyor Mamasoliev (51), Otabek Axmadjonov (76)

Xakamlar: D.Pislegin (Toshkent), I.Nosirov (Namangan), E.Tursunov (Namangan)

Inspektor: I.Raximov (Andijon)

4 aprel seshanba kuni “Cementchi” markaziy stadionida 2-tur uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tadigan “Cementchi” - “Xorazm” uchrashuviga barcha ishqibozlarni taklif etamiz. Uchrashuv 15:30 da boshlanadi.


“Cementchi” matbuot  xodimi Zuxriddin Abdullajonov



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia