Birinchi liga-2014. Bo'sh o'rinni "Registon" to'ldirdi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2014, 08:32
Bu yilgi O'zbekiston birinchi ligasiga qur'a tashlash jarayoni vaqtida jami 23ta klub ishtirok etgandi.
PFL direktori Farhod Magametov o'shanda so'nggi 24-o'rin bo'sh turibdi, katta ehtimol bilan bu o'rin "Surxon"ga berilishi mumkinligi haqida aytgandi.

Ammo yakunda ushbu o'rin Samarqandning "Registon" klubiga nasib etdi. Bu haqda PFL rasmiy saytining ruscha bo'limi xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Registon" "G'arb" mintaqasida ishtirok etadi. Bundan tashqari klub O'zbekiston kubogi o'tish bosiqida 30 mart kuni G'uzorning "Sho'rtan" klubini qabul qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia