Bir yildan keyin Angliya termasini Venger, Raneri yoki Rojers boshqarishi mumkin

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2016, 09:01
Angliya futbol assotsiatsiyasi Roy Xojsonning o'rniga yangi nomzodlarni o'rganib chiqmoqda.

FA ushbu lavozimga vaqtincha Garet Sautgeytni tayinlamoqchi. Ushbu murabbiy ayni paytda Angliya yoshlar terma jamoasida ishlmoqda. Nomzodlar orasida Arsen Venger, Klaudio Raneri, Eddi Xau, Glenn Xoddl va Brendan Rojers kabi murabbiylar bor.

Bundan tashqari Angliya terma jamoasining sobiq futbolchilari Stiven Jerrard va Rio Ferdinandning ham nomzodi o'rganilmoqda.

Sautgeyt Angliyada bir yil ishlashi keyin esa yuqorida nomlari keltirilgan murabbiylardan biri terma jamoani qabul qilib olishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk